Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar Yangihayot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    18.06.2021

    Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va fuqarolarni muammosini hal etish, ertangi kunga ishonchini oshirtirish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda soha xodimlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etib kelinmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshchiligida 2021 yil 17 iyun kuni Toshkent shahar Yangixayot tumani, “Binokor” MFY, Soxil ko‘chasida aholi uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtrokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov, AKT vazirligi Markaziy apparati, Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda korxona va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sayyor qabullarda asosan sifatli internet xizmatlarini joriy etish, simli telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq masalalarda fuqarolardan arizalar kelib tushdi.

    E’tiborlisi, keyingi yillarda mobil aloqa operatorlari tomonidan baza stansiyalarining o‘rnatilishi, telesignallarni uzatishda yangi qurilmalardan foydalanish natijasida muammolarga yechim topilmoqda.

    Sayyor qabuldan so‘ng, AKT vazirligi Markaziy apparati, Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda tizimidagi korxona va tashkilot mas’ul rahbarlari bilan birgalikda ushbu hududda joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz hududda uchrashib, qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

    Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi gurux tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi.

    Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi. O‘rganish talab qilinadigan masalalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli soxa korxonalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati