Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona shahrida “Yoshlar festivali - 2021” doirasida Robototexnika bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi
    19.06.2021

    Joriy yilning 17-21 iyun kunlari Farg‘ona shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tmoqda.

    Dastur rejasiga ko‘ra, 50 dan ortiq turli tanlov va musobaqalar, tadbir hamda loyihalar uch kun davomida o‘tkaziladi. Viloyat yoshlari turli tadbirlarda o‘zlari qiziqqan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

    Jumladan, robototexnikaga qiziquvchi yoshlar uchun Robototexnika bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan qiziquvchilar uchun axborot texnologiyalari sohasida bilim olishlari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, jumladan viloyatda tashkil etilgan IT Park filiali va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati