eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatidagi maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
    22.09.2021

    Andijon viloyatidagi maktablarning informatika o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

     “Digital city” texnoparkida bir guruh Andijon viloyatidagi informatika o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalarida muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida o‘qituvchi pedagoglarning sohaga oid bo‘lgan savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.

    Shuningdek, tashrif buyuruvchilar “Digital city” texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Texnoparkda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan loyihalar, IT akademiyasida tashkil etilgan o‘quv kurslari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

    Manba: Axborot xizmati