Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahrida “Innovatsion kun Toshkent-2021” biznes anjumani bo‘lib o‘tdi
    23.09.2021

    Toshkent shahrida “Hozirgi va istiqboldagi qiyinchiliklarga qaramay oʻzbek kompaniyalari oʻz biznesini qanday rivojlantirish va oʻstirishlari mumkin” mavzusida “Innovation Day Tashkent-2021” biznes anjumani boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir IT Park tomonidan tashkil etildi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Biznes anjumanda yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Ular Expera, SAP, Consult, ALPE Consulting, EY, IBA Group, Saprun, LeverX, MOLGA Consulting, Streamline Consultingdir. Ushbu kompaniyalar tomonidan ma’ruzalar tashkillashtirildi.

    Anjuman tashkilotchilari ta’kidlaganidek, bugungi kunda mahalliy IT bozorida mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun ko‘plab shart-sharoitlar yaratilmoqda va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy IT bozorining izchil rivojlanishiga zamin yaratmoqda.

    Mazkur tadbirning mahalliy IT bozor uchun muhimligi qayd etilib, nafaqat ishtirokchilar orasida samarali muloqot o‘rnatishga, bundan tashqari, xorijiy IT kompaniyalar vakillarini O‘zbekiston bozoridagi so‘nggi tendensiyasi haqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati