Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim
    18.11.2021

    Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq lozim” mavzusida  talabalar o‘rtasida ma'naviy-ma’rifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlar S. Saidjalalov va J.Shermuxamedovalar tomonidan bugungi kunda yoshlar oʻrtasida uchrayotgan salbiy holatlar va ularni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o'tdilar. Shuningdek, hozirgi tinch osoyishta kunlarni qadriga yetish lozimligini ta'kidlashdi.

    Davra suhbati oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

    Manba: Axborot xizmati