Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TShIUda “AntiHack Challenge” turniri o‘tkazildi
    12.08.2022

    Joriy yilning 11-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha “AntiHack Challenge” turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir AKT vazirligi, Central Asia Distribution hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etildi.

    Tadbir mamlakatimiz yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatlarini shakllantirishga qaratilgan.

    Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oldi.

    Manba: Axborot xizmati