Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • USAID, ESKZ GLOBAL hamda Gruziya banki tomonidan tashkillashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi
    30.11.2022

    Bugun, 30-noyabr kuni IT Park binosida ESKZ GLOBAL hamda Gruziya banki tomonidan tashkil etilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad – O‘zbekistonning IT sohasi bilan qiziqqan gruziyalik IT mutaxassislari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular bilan kelajakda o‘zaro manfaatli sherikchilik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

    Tadbirda Gruziyaning ALTERA, AZRY, B2CGE, INNOTEC, LEMONDO, OPTIMO, OPTIO, PAYZE, SOLVIT, WOWCHY kabi kompaniyalari vakillari ishtirok etib, mahalliy kompaniyalarga taqdimot o‘tkazishdi. Bundan maqsad – turli yo‘nalishlarda hamkorlikni o‘rnatishdir.

    Bundan tashqari, tadbirning rasmiy qismidan so‘ng B2B biznes uchrashuvlari ham tashkil etilib, IT Park bilan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishda tomonlar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

    Uchrashuvda AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova so‘zga chiqib, vazirlik va uning tizimida olib borilayotgan ishlar hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan harakatlar xususida mehmonlarga axborot berib o‘tdi.

    Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga IT Park faoliyatiga oid ko‘rsatkichlar, rezidentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha taqdimot havola etildi. 

    Bu kabi tadbirlar IT sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar uchun ikki tomonlama o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda qulay imkoniyat hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati