Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TshIUda “DAI Global LLC” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    20.01.2023

    20-yanvar kuni “DAI Global LLC” vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, o‘quv binosi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov mehmonlar uchun Universitet bilan tanishtiruv taqdimotini o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar kichik va o‘rta korxonalarni mustahkamlash va biznes, IT sohasi, “yashil” iqtisodiyot, turizm, to‘qimachilik sanoati uchun qulay muhit yaratish orqali O‘zbekistonning bozor tizimlarini o‘zgartirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildilar.

    Shuni ma’lum qilamizki, “DAI Global LLC” (DAI) Amerikaning global rivojlanish konsalting kompaniyasi hisoblanib, 150 ta rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritadi, hamda iqtisodiy o'sish uchun kompleks yechimlarni taqdim etib kelmoqda.

    Manba: Axborot xizmati