Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Jahon bankining 2022-yilgi “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisobotida alohida o‘rin oldi
    07.02.2023

    2023-yil yanvar oyida Jahon bankining Global GovTech tashabbusi bilan davlat sektorini modernizatsiya qilish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisoboti e’lon qilindi.

    Mazkur hisobotda «GovTech Maturity Index 2022» (GTMI) indeksining baholash natijalarini, shuningdek, davlat sektoridagi raqamli transformatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha 198 mamlakatning tahlili keltirilgan.

    Ushbu hisobotga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning raqamli transformatsiyani amalga oshirishda ilgʻor tajribaga ega boʻlgan mamlakatlarning alohida toifasi sifatida tasniflandi va ushbu yo‘nalishda yetakchi mamlakatlar o‘rin olgan “A” guruhiga kiritilgan (2021-yilda Oʻzbekiston “B” guruhiga kiritilgan edi).

    Hisobotda AKT siyosatini, strategiyani, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish va raqamli ko‘nikmalar sohasida mas’ul organ Raqamli texnologiyalar vazirligi belgilanganligi aytib oʻtilgan.

    Shuningdek, maʼlumotlarni himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik qoidalarini amalga oshirish va ularga rioya qilishni tartibga soluvchi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning 2019-yilda qabul qilinishi alohida qayd etilgan.

    Shu jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz), elektron soliq xizmatlari portalida yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida alohida qayd etilgan.

    Jahon banki guruhining GovTech dasturi raqamli hukumatga kompleks yondashuvni aks ettiradi va 4 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

    GTMI baholanishi Asosiy hukumat tizimlari indeksi (Core Government Systems Index - CGSI), Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi (Public Service Delivery Index PSDI), Fuqarolarning raqamli ishtiroki indeksi (Digital Citizen Engagement Index DCEI) hamda Siyosiy va texnik arboblar indeksi (GovTech Enablers Index GTEI) ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.

    Jahon banki tomonidan taqdim etilgan diagrammaga ko‘ra, yuqoridagi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston dunyo davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqoriligini ko‘rish mumkin. Xususan, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksida respublikamiz 0,951 ball to‘plagan bo‘lsa, dunyo bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 0,649 ballni qayd etgan. Shuningdek, Siyosiy va texnik arboblar ko‘rsatkichi indeksida respblikamiz va o‘rtacha dunyo bo‘yicha mos ravishda 0,965 va 0,536 ballar belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati