Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining olis hududlari optik tolali yuqori tezlikdagi sifatli internet xizmatlari bilan ta'minlanmoqda
    08.02.2023

    Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga bo‘lgan talab ortib borayotgani sari yuqori tezlikdagi internetning kirib borishi ham hudud tanlayotgani yo‘q. Aholi muammolari mahallama-mahalla, uyma-uy o‘rganilib, tizimli masalalarni aniqlash hamda ularni joyida tezkorlik bilan hal etish kabi vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.

    “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizning chekka qishloqlarida ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

    Jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi manzillar Qashqadaryo viloyatining Qamashi hamda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlari bo‘ldi.

    Asosiy e’tibor olis va chekka aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish usullari va qulayliklarini tushuntirish, mahalliy yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish, ularning axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi, uning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmalari hamda axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari tomonidan sohadagi korxona va tashkilotlar bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

    Jumladan:

    – telekommunikatsiya tarmoqlari simsiz texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan tumandagi ba’zi ijtimoiy soha obyektlariga talabdan kelib chiqib, optik tolali aloqa liniyalariga o‘tkazilishi ta’minlandi hamda yanada yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi;

    – fuqarolarning murojaatlari tahlili natijasida bir qator qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari telekommunikatsiya tarmog‘iga ulab berildi;

    – tog‘li hududlarda joylashga televizion uzatgichlarda profilaktika-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, qishloqlar aholisiga ko‘rsatilayotgan televideniye xizmatining sifati oshirildi.

    – mobil aloqa qamrovi darajasi o‘rganilib, telekommunikatsiya operatorlarining baza stansiyalarida optimizatsiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi;

    – tumanning olis aholi punktlari aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarga ulanishda qulaylik yaratish maqsadida joylarda mobil aloqa operatorlarining sayyor sotuv ofislari tashkil etildi.

    Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar tegishli mutaxassislar ishtirokida muhokama etilib, hal etish ma’lum bir muddat va mablag‘ talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq masalalar yechimining aniq mexanizmlari hamda ishlarni bajarish muddatlari va mas’ullar belgilanib, chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazoratga olindi.

    Manba: Axborot xizmati