Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Sohani rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqishda hamkorlikka chorlaymiz!
25.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida”gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasi, “elektron hukumat”, axborot xavfsizligi, pochta, logistika, AKT-ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda elektron tijorat sohalarini hamda rivojlantirishga oid innovatsion g‘oyalarning qamrab olinishi belgilangan.

Bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida, barchaga konsepsiyani shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini beradi. O‘zingizdagi AKT sohasini rivojlantirishga oid takliflar, g‘oya hamda qarashlarni quyidagi so‘rovnoma orqali taqdim eting.

Yo‘nalishlardan bir yoki bir nechtasini tanlang.