Bugun 12 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining 15 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Zamonaviy menejment” va “Boshqaruv mahorati” yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarini oshirib sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining yana 100 nafari Davlat boshqaruvi akademiyasida malakalarini oshirish rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati