Hay’atning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirishning, ilmiy-texnik yutuqlaridan keng miqyosida foydalanishning, idoralararo va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha, shuningdek Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalari hamda boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vaqtida, jamoa bo‘lib, malakali va haqqoniy ko‘rib chiqishdan hamda konstruktiv yechimlar qabul qilishdan iborat.
Hay’at o‘z qarorlari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi davlat va boshqa tashkilotlar jamoalarini sohadagi o‘zgarishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni metodologik amalga oshirishga, korxonalar faoliyatida samaradorlik va sifatning ilog‘or darajalariga erishish maqsadida bozor munosabatlarini va bu bilan bog‘liq ishlashning yangi turlari va shakllarini joriy qilishga yo‘naltiradi.
Hay'at raisi:
Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Hay'at a'zolari:
Umarov Olimjon Muxammadjonovich
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari
Yuldashev Qaxramon Anvardjanovich
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari
Olmatov Bahromjon Adxamovich
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari
Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida namunaviy nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda 2742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)