Hay’atning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirishning, ilmiy-texnik yutuqlaridan keng miqyosida foydalanishning, idoralararo va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha, shuningdek Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalari hamda boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vaqtida, jamoa bo‘lib, malakali va haqqoniy ko‘rib chiqishdan hamda konstruktiv yechimlar qabul qilishdan iborat.
Hay’at o‘z qarorlari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi davlat va boshqa tashkilotlar jamoalarini sohadagi o‘zgarishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni metodologik amalga oshirishga, korxonalar faoliyatida samaradorlik va sifatning ilog‘or darajalariga erishish maqsadida bozor munosabatlarini va bu bilan bog‘liq ishlashning yangi turlari va shakllarini joriy qilishga yo‘naltiradi.
Hay'at a'zolari:
Shermatov Sherzod Xotamovich – O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Pekos Oleg Andreyevich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Maxsudov Jamol Tilloyevich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Rustamov Doniyor Tuxtasinovich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida namunaviy nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda 2742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)