“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 18-mart umumxalq xayriya hashari sifatida butun yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda. Hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun, 17-mart kuni Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida IT Park yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga yana o'z bilimlarini rivojlantirishga va IT sohasini o'rganishiga qulaylik yaratish uchun qurilgan IT Park yangi filiali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, IT Park direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulahad Kuchkarov va bir guruh nuroniylar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy yetakchi mutaxassislar, IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Siz, azizlarni Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ko‘rib turganimdan mamnunman. Matonatli turk xalqiga va qadrdon birodarimiz Turkiya Respublikasi Prezidenti, muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylariga barcha hamkasblarim nomidan chuqur hamdardlik bildiraman.
Bugun, 15-mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda “Huawei” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Yao Szyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 14-17-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union) tomonidan Axborot hamjamiyati bo‘yicha xalqaro sammit forumi bo'lib o'tmoqda.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahridagi IT Park rezidenti “TENX CODERS” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida yana IT Park rezidenti – “IT Park Surxandaryo” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida IT Park va Huawei kompaniyasi hamkorlikda tashkil etilayotgan BPO markazini ko‘zdan kechirdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahrida joylashgan IT Park rezidenti “GLOBAL FACTS CENTRAL ASIA” MChJ faoliyatlari bilan tanishdi.