Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SEMINAR TRENING TAShKIL ETILDI
    24.12.2019

    “Aloqa tarixi” muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin qizlar uchun “Har bir oilaga tinchlik, totuvlik va xotirjamlik” seminar trening tashkil etildi. “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida tashkil qilingan treningda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoatchilik fondi loyiha rahbari, psixolog G.Mahmudova ishtirok etib, jamiyat va davlatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar mustahkamligi, bu jarayonda psixologiyaning o‘rni va ahamiyati xususida ma’ruza qildi.
    Qayd etilganidek, inson psixologiyasini o‘rganishning bir necha bosqich va turlari mavjud. Masalan, klinik psixologiya insonning stressdan chiqish va shaxs sifatida o‘sish, jismoniy va hissiy rivojlanishni ta’minlaydi. Anomal psixologiya fe’l-atvorning ijobiy tomonga rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
    Pedagogika psixologiyasi ta’lim sohasida samarali o‘quv uslublarini qo‘llab-quvvatlash uni rivojlantirish, biologik psixologiyasida miya va tana orasidagi aloqa, ya’ni miyadan uzatiladigan buyruqlarning tana a’zolariga bo‘lgan reaksiyasi nazarda tutiladi.
    Tadbir davomida “Ayollar ruhiy olamiga nazar”, “Jismoniy va ruhiy barkamollik”, “Ruhiyatni tiklamay turib, kasallikni yengib bo‘lmaydi” “Kundalik stresslarni yengib, baxtli hayot sari dadil qadam” va shu kabi yo‘nalishlarda psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
    Ushbu psixologik trening axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, irodasini baquvvat qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish eng muhimi oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgandir.

    Manba: Axborot xizmati