Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKTni joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlarga beriladigan ustama haq bo‘yicha ma’lumotnoma.
    14.01.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni 7-bandi, g-xatboshisiga muvofiq “davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi” deb ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash haqida” 2013 yil 25 yanvardagi 18-son qarorining 2-ilovasida rag‘batlantirish bo‘yicha namunaviy Nizom tasdiqlangan.

    Mazkur Nizomning 8-bandiga asosan:

    - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustamalar xodim lavozim maoshining kamida 100 foiz miqdorida belgilanishi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda shtatdagi xodimlariga ustamalarni mustaqil belgilashi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Shuningdek, Nizomning 9-bandida ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama xaqlarni to‘lash tegishli tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshirilishi belgilangan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga hamda tashkilotlarning tasarrufidagi tuzilmalar (davlat unitar korxonalar, shu’ba korxonalar, filiallar) shaklidagi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning shtatdagi xodimlariga ustamalar xodim lavozim maoshining kamida 100 foiz miqdorida belgilanishi tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qiladi.