Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri media sohasida zamonaviy kasblar bo‘yicha yoshlarga ta’lim berib kelayotgan IT Park rezidenti Hashtag akademiyasiga bordi
    02.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan IT Park rezidenti Hashtag akademiyasiga bordi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Ushbu akademiya asosan dasturlash sohasida yoshlarga real loyihalarda qatnashib, amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi hamda media sohasida zamonaviy kasblar bo‘yicha yoshlarga ta’lim berib kelayotga korxona hisoblanadi.

    Hozirda akademiyada 50 ga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda.

    Uchrashuvda shuningdek, ITeach Praktikum ta’sischisi Bunyodek Husanov tomonidan onlayn ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Onlinedars.uz loyihasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

    Onlinedars.uz platformasida hozirgi kunda zamonaviy kasblarni uydan chiqmasdan turib arzon va bepul o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lib, eng malakali mentorlar tomonidan platformada IT sohasi va dasturlash bo‘yicha 100 dan ortiq o‘quv kurslar materiallari joylashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati