Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
    09.02.2023

    Xabaringiz bor, 2022-yilning 24–26-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “ICT WEEK Uzbekistan” forumi doirasida Yevrosiyo davlatlari axborot texnologiyalarining “StrategEast State” forumi ham o‘tkazilib, unda Yevroosiyoda raqamli transformasiya masalalari va uni rivojlantirish uchun zarur qadamlar muhokama qilingan edi.

    Ushbu forum xorijiy investorlar va IT kompaniyalarda yuqori qiziqish uyg‘otgan edi.

    Hamkorlikning uzviy davomi sifatida bugun, 9-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov StrategEast kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Ma’lumki, IT-mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish uchun xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish, xorijiy investorlarni jalb qilish, yetakchi kompaniya va mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shularni hisobga olgan holda, bugungi uchrashuvda ham StrategEast kompaniyasi prezidenti bilan O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, IT-sohasidagi yetakchi kompaniyalarni jalb qilish, ular bilan BPO va IT-outsorsing sohasida tajriba almash masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, IT sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakatda IT-eksportni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

    Manba: Axborot xizmati