Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar sohasida BAA bilan hamkorlik kengaytirilmoqda
    15.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vazirligi va “O‘zTTBRM” DUK vakillari Dubay shahrida boʻlib, Raqamli texnologiyalar boʻyicha faoliyat olib borayotgan gigant kompaniyalar rahbarlari bilan keng koʻlamli hamkorlik masalalari yuzasida uchrashuvlar oʻtkazdi.

    Jumladan, vazirlik vakillari “LATRO-FZE” kompaniyasining Bosh direktori Donald Reynxart, vitse-prezidentlari hamda menejerlari bilan uchrashuv o‘tkazib, yaqinda mamlakatimizda tashkil etilgan “GLOBAL TECHNOLOGY CENTER” MChJ qoʻshma korxonasining istiqbolli rejalari va koʻlami hamda telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli qoʻngʻiroqlar va SMS xabarlar orqali firibgarlikka qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo Mintaqaviy Markazi boʻlishi kabi strategik maqsad va istiqboldagi rivojlanish rejalarini muhokama qildilar.

    Tomonlar uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati