Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida BAA Hukumat ishlari vazirligi boshqaruvchi direktori Abdulla Luta bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar M-Gov Award va OMUC (bir million O‘zbekistonlik dasturchilari) loyihalari doirasida erishilgan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etishdi.
Uning natijasida, IT-tadbirkorlikni rivojlantirish va yosh IT-mutaxassislarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi va 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur 2023-yilning birinchi choragi yakuniga qadar tuzilishi belgilandi.
Uchrushuv yakunida Abdulla Luta hamkorlikni yanada jadallashtirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirib o‘tdi.
Manba: Axborot xizmati