Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion universitet tashkil etish loyihasi muhokama qilindi
    17.02.2023

    Bugun, 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Abu Dhabi Uzbek Investment” hamda “CINTANA TEAM” tashkilotining prezidenti Chagri Bagchioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuvdan asosiy maqsad – O‘zbekistonda xalqaro standardlarga javob beradigan innovatsion universitet yaratish loyihasini amalga oshirish, ta'limning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini har tomonlama tahlil qilishdan iborat.

    Dastlab, Chagri Bagchioglu tashkilotning asosiy vazifalari va u tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. 

    Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik va ta'lim sohasidagi global tendentsiyalar bo‘yicha fikrlar almashildi. 

    O‘z navbatida, Rustam Karimjonov O‘zbekistonda IT-ta’limni yanada rivojantirish hamda birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi. 

     

    Manba: Axborot xizmati