Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • INHA universitetida (Janubiy Koreya) bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
    17.02.2023

    17-fevral kuni INHA universitetida (Janubiy Koreya) “Biznes logistikasi” bakalavriat yo‘nalishi va “Raqamli transformatsiyada MBA” magistratura yo‘nalishi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bitiruvchilar uchun onlayn tabrik nutqi so‘zlab, ularga omadlar tilagan holda va kelajak uchun motivatsiyalar berdi.

    Universitetni tamomlaganlik haqidagi sertifikatlarni shaxsan INHA universiteti (Koreya) prezidenti Dr. Cho Myeong Vu va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalalov topshirdilar.

    Marosim doirasida eng yuqori ball to‘plagan MBA talabalari – Xojiakbar Kamolov, Rustambek Kazakov, Eshqul Beknazarov, Nasiba Isamuxamedovalarga universitet tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, “Biznes va logistika” bakalavriat bosqichini yuqori ball bilan muvafaqqiyatli tamomlagan talabalar Sarvar Irgashev, Sevil Atayeva va Jamshid Dilmurodovlar ham alohida e’tirof etildi.

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yil avgust oyida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari INHA universiteti (Janubiy Koreya) qo’shma dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish uchun Koreyaga yo’l olishgan edi.

    Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida, shuningdek, yirik xalqaro kompaniyalarda (Facebook, Google, Uber, EPAM, E&Y, Huawei) o’z ish faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.

    Bitiruvchilarni o'qishlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklaymiz!

    Manba: Axborot xizmati