Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Dubai Internet City” mas’ullari bilan BAAda IT-Park vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi
    17.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida “Dubai Internet City” texnologik markazi va TЕCOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda joriy yilda Dubay Amirligida (Dubai Internet City yoki Dubai Outsource Cityda) IT-Parkning rasmiy vakolatxonasini ochish hamda IT-Park rezidentlarining yuqorida nazarda tutilgan sohalar bo‘yicha faoliyatini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, “Dubai internet City” misolida IT-Parkni xususiylashtirish takliflari bildirildi.

    Manba: Axborot xizmati