Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Jeneva shahridagi sammitda qatnashmoqda
    15.03.2023

    Joriy yilning 14-17-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union) tomonidan Axborot hamjamiyati bo‘yicha xalqaro sammit forumi bo'lib o'tmoqda.

    Unda O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

    Sammit doirasida inklyuziv rivojlanishda raqamli hamkorlik va sherikchilik, raqamli tafovutni qisqartirish, Forumning 2025-yildan keyingi rejalari hamda ustuvor vazifalari kabi mavzularda muhokamalar bo'lib o'tmoqda.

    Shuningdek, 16-mart kuni Vazirlik delegatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti (UNDESA) vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik va kelgusidagi rejalar muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati