Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 30-noyabrda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi
    28.11.2018

    2018-yil 30-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazadi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.

    Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Internet tarmogʻiga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish topshiriqlarini bajarish boʻyicha “Oʻzbektelekom” AKning hisoboti taqdim etiladi.

    Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari oʻrtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida soʻzlash mumkin emas.