Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
    31.01.2019

    2019 yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Ushbu tadbirda, Davlat statistika qoʻmitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti oʻqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Davra suhbatida taʼkidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, statistika axborotlarini yigʻish, toʻplash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmogʻi, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

    Shuningdek, bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini taʼminlash, mamlakatimizning rivojlanish koʻrsatkichlarini xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish hamda turli yoʻnalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

    Davra suhbati davomida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va toʻgʻri baholanishini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda toʻldirib kelinayotgani qayd etib oʻtildi. Hozirda qoʻmita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

    Manba: Axborot xizmati