Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UzMobile o‘z abonentlariga bayramona megabayt, daqiqalar yoki SMS to‘plamlarini sovg‘a qilmoqda
    15.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Karantin paytida aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida va "O‘zbektelekom" AK "O‘zMobayl" filiali 5 yilligi kuni munosabati bilan kompaniya o‘z abonentlariga 30 kun davomida foydalanish uchun bayramona megabayt, daqiqalar yoki SMS to‘plamlarini sovg‘a qilmoqda! Bunda abonent taqdim etilgan takliflaridan o’ziga kerak bo‘lgan bittasini tanlashi mumkin! Aksiya 2020 yilning 15 aprelidan 19 apreliga qadar amal qiladi.
     

    Aksiya shartlari bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:  https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/yangiliklar/o-zbektelekom-ak-o-zmobayl-filiali-tug-ilgan-kuni-munosabati-bilan-sovg-alar-tuhfa-qiladi
     

    "O‘zMobayl" kompaniya to‘g‘risida

    "O‘zbektelekom" AK filiali — "O‘zMobayl" kompaniyasi o‘z faoliyatini 2015 yil 15 aprel kuni boshlagan. Mazkur besh yil ichida milliy mobil operatori bir qator muvaffaqyiyatlarga erishdi: bugungi kunda “O‘zMobayl” filiali deyarli 11 ming baza stansiyalarga ega va ular mamlakatimiz aholisining 90% dan ortig‘ini mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlamoqda.

    Ayni vaqtda mobil aloqa sifatini yaxshilash, GSM tarmog‘ini kengaytirish va mobil internet tezligini oshirishga qaratilgan faol texnik ishlar olib borilmoqda. Kompaniya 2020 yilda 536 ta yangi tayanch stansiya obyektlarini qurishni va 2 099 obyektlarni UMTS/LTE standartlarigacha modernizatsiyalashni rejalashtirmoqda.

    Bundan tashqari, kompaniya ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, “Obod qishloq” loyihasi doirasida “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali doimiy ravishda respublikaning chekka aholi yashash punktlarida qishloq aholisini mobil aloqa bilan ta’minlovchi baza stantsiyalarini doimiy ravishda ishga tushirmoqda.

    O‘z abonentlariga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida kompaniya doimiy ravishda xizmat turlarini takomillashtirib bormoqda. Jumladan, 2019-yilda milliy mobil aloqa operatori mamlakat aholisiga bir qator qiziqarli takliflarni taqdim etdi. "Oddiy 10" hamyonbop tarifi ko‘pgina abonentlar orasida ommalashib ketgan. "O‘zMobayl" tomonidan yana bir qator quilay takliflar: juda arzon narxlardagi avtomat ravishda muddati uzaytiriladigan Internet-to‘plamlari, STREET, FLASH va haqiqiy cheksiz ROYAL tariflarining “Sehrli kombinatsiya” tariflar to‘plami. Mazkur choralar tufayli 2019 yilda “O‘zMobayl”ning abonentlar bazasi ikki barovar oshdi va 5 milliondan ortiq’ foydalanuvchilarni tashkil etadi.
     

    Manba: Axborot xizmati