Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa
20.04.2017

O‘tgan yillar davomida respublika aholisining 0,9 foizini O‘zTV-1 “O‘zbekiston” davlat teledasturi bilan, 0,2 foizini O‘zRE-1 “O‘zbekiston” davlat radioeshittirish dasturlari bilan to‘la ta’minlash masalasi o‘z yechimini topa olmadi. Bular uzoq tog‘li aholi turar joylari bo‘lib, geografik nuqtai nazardan o‘ta murakkab va respublikamizning borish qiyin bo‘lgan hududlaridir.

Birinchi davlat teleradiodasturlarini bu uzoq tog‘li aholi turar joylarigacha yetkazib borishning texnik tomondan ikki yechim variantlari mavjud edi:

1. Davlat teleradiodasturlarini har bir uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish va o‘sha yerda kam quvvatli televizion uzatkichlar orqali efirga sifatli uzatish yer usti strukturasini tashkil etish.

2. Davlat teleradiodasturlarini sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ushbu aholi turar joylariga uzatishni tashkil etish.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga muvofiq, davlat teleradiodasturlarini uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish masalasini hal etish uchun texnik tomondan aniqlangan ikkinchi variant, ya’ni sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali davlat teleradiodasturlarini efirga uzatish varianti tanlab olindi va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining uzoq va tog‘li hududlariga 322 dona xizmat ko‘rsatilmaydigan kam quvvatli radiotelevizion uzatgichlar o‘rnatildi.

Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi 2006 yilning sentyabr oyidan Rossiya Federasiyasining “Express AM1” (40E) sun’iy yo‘ldosh apparatini ijaraga olgan. Biroq “Express AM1” sun’iy yo‘ldosh apparatida yuzaga kelgan nosozliklar natijasida FDUK “Kosmicheskaya svyaz” va XKAT “Intersputnik” mutaxassislari bilan kelishilgan holda 2010 yil 23 iyun kuni yer usti qabul-uzatish stansiyasini “Express AM22” (53E) sun’iy yo‘ldoshiga o‘tkazildi.

“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparatining parametrlari

“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati ko‘p turdagi (raqamli teleradioeshittirishlar, telefoniya, videokonferens aloqa, ma’lumotlarni uzatish, Internet tarmog‘idan foydalanish huquqi) xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, VSAT texnologiyasi asosida aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. “Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati Ku diapazonida bir maromdagi qamrov hududlarida yuqori sifatli aloqani tashkil etuvchi eng zamonaviy antenna tizimlari bilan ta’minlangan.

Ku diapazonida “Uzbekistan” teleradiodasturini uzatish jadvali
Sun’iy yo‘ldosh “Express AM22”
Orbita nuqtasi Geostasionar, 53º sharqiy uzunlik
Qabul chastotasi 10957 MGs
Oqim tezligi 4800 kbit/daq
Xatolarni tuzatish tizimi (FEC) 5/6
Qutblanish Gorizontal (N)
 
“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparatining texnik parametrlari
Vazifasi Ma’lumotlarni uzatish, raqamli teleradioeshittirishlar, telefoniya, Internet tarmog‘i, videokonferens aloqa
Orbita nuqtasi Geostasionar, 53º sharqiy uzunlik
Orbita nuqtasidagi aniqligi ± 0,05° (shimol-janub/g‘arb-sharq yo‘nalishida)
Uchirilgan sanasi 2003 yil 29 dekabr
Xizmat ko‘rsatish davri 12 yil
Mustahkamligi uch o‘qli
Retranslyatorlar iste’mol quvvati 4200 Vt
Foydali yuk og‘irligi 590 kg
Sun’iy yo‘ldosh og‘irligi 2600 kg
Ta’minot manbaining quvvati 6000 Vt
 
Transponderlar
Chastota diapazoni Ku
Transponderlar soni 24
O‘tkazish polosasi, MGs 54
Transponderlar chiqish quvvati, Vt 103,5
 

“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati orqali qamrov doirasiga O‘zbekiston Respublikasining butun hududi, O‘rta Osiyo regioni va uzoq chet el davlatlari kiradi.

2008 yilning mart oyidan RRTM DUK ikkinchi televizion dasturni – “FORUM TV” dasturini sun’iy yo‘ldosh orqali tarqatishni tashkil qildi.

....