- hududda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini tahlil qilish, litsenziya kelishuviga oid talab va shartlarni amalga oshirish, radiochastotadan foydalanishni tashkil qilish;
- davlat organlarida Milliy axborot tizimi va “Elektron hukumat” platformasini shakllantirish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
- davlat organlarida interaktiv davlat xizmatlari va axborot tizimlaridan foydalanish natijasida erishilayotgan samaradorligini oshirish to‘g‘risida chora-tadbirlar va tizimli tahlil ishlab chiqish;
- sifatli va raqobatbardosh, milliy dasturiy ta’minot vositalarining ishlab chiqarilishini ta’minlash, axborot resurslari, axborot tizimlari va dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqari, xizmatlar bozorini rivojlantirishni ta’minlash;
- hududda tashkilot va muassasalarda zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim va dasturiy ta'minot mahsulotlarining joriy qilinishini muvofiqlashtiradi;
- elektron hujjat almashinuvini joriy qilinishi va ushbu tizimdan foydalanishni. elektron munosabatlarga o'tish va elektron raqamli imzodan foydalanishni tashkil qiladi;
- hududda telekommunikatsiya sohasida litsenziya olish, boshqa hujjatlarni almashish, mazkur sohada faoliyat yuritish istagida bo'lgan shaxslar bilan o'zaro munosabatlarni elektron munosabat, interaktiv xizmatlar yordamida amalgga oshirilishini ta'minlaydi.