Bugun Qozog‘istonning Olmaota shahrida «DIGITAL ALMATY 2020» forumi bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.
Forum ishida xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AT sohasining yetakchi ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etadi.
Forum sho‘’ba yig‘ilishlarida sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyotning kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, raqamli transformatsiya va hamkorlik masalalari keng muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashilinadi.
Shuningdek, forum doirasida startap-loyihalar va AT-yechimlari taqdimotlari o‘rin olgan ko‘rgazma, ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati