Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yuqorichirchiqda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
    19.03.2020

             Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 25 ta shunday markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

             Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, Yuqorichirchiq tumani Guliston mahallasida joylashgan “Millatlar do‘stligi” madaniyat markazi binosida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” tashkil etildi. Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari soni 26 taga yetdi.

             O‘quv markazi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy kompyuter texnologiyalari, robototexnika jihozlari, kibersport o‘yinlari uskunalari hamda boshqa eng so‘nggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi.

             Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

             Ushbu o‘quv markazining ishga tushirilishi natijasida tuman yoshlarining mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasida faol va samarali ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi

    Manba: Axborot xizmati