eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    01.07.2020

    Microsoft dunyo bo‘ylab barcha chakana savdo do‘konlarini yopmoqda

    Microsoft kompaniyasi dunyo bo‘ylab barcha chakana savdo do‘konlarni butunlay yopishi va barcha sotuvlarni onlayn shakliga o‘tkazilishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi. Kompaniyaning London, Nyu-York, Sidney va Redmondda joylashgan asosiy to‘rtta sotuv do‘konlari (operatsion markazlar) boshqa vazifalar uchun ishlatiladi, ularning maydonlari esa qayta jihozlanadi.

    Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanganidek, masofaviy ravishda olib boriladigan chakana va korporativ sotuvlarning yahshi ko‘rsatqichlari hozirgi vaziyatga moslashishga va o‘z faoliyatida strategik o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin yaratib bergan.

    Microsoft kompaniyasining Microsoft Store nomidagi o‘zining maxsus do‘konlarini 2009 yildan boshlab rivojlantirib kelgan, hozirda ularning soni 80 taga yetgan.

     

    MIT tadqiqotchilari sozanda harakatlari orqali melodiyani topa oladigan neyrotizimni yaratishdi

    Massachusets texnologik institutining tadqiqotchilari Music Gesture nomli neyrotizimni taqdim etishdi. Mazkur tizim jismoniy harakatlar orqali musiqa asboblarining tovushlarni alohida aniqlab berishga yordam beradi.

    Music Gesture turli maqsadlar uchun ishlatilib, kuyni yaratish va audioyozuvda musiqa asbobining balandligini ko‘tarishdan tortib, videokonferensiya aloqasida halaqit qiladigan tashqi shovqinlarning ta’sirini pasaytiradi.

     

    Isroilning Electreon startapi avtobuslarga mo‘ljallangan elektrotrassani test sinovidan o‘tkazadi

    Joriy yil yozda Electreon Tel-Avivda maxsus elektrotrassa maydonini test sinovidan o‘tkazadi. Maxsus elektrotrassa jamoat transportining yo‘lda harakatlanish doirasida zaryadka qilishga yordam beradi. Test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlasa, mazkur shaharda jahondagi birinchi elektroyo‘l ishga tushiriladi.

    Electreon Wireless loyihasi ilk marotaba 2019 yilda taqdim qilgan. Joriy yilda mazkur loyihaning test sinovi Tel-Avivda, ikki kilometr bo‘lgan universitet va vokzal o‘rtasida joylashgan maydonda o‘tkaziladi. Yil oxirida elektrotrassaning test sinovlari Shvetsiyada o‘tkaziladi.

     

    Xiaomi $7 narxiga teng mayda “aqlli” kolonkani taqdim etdi

    Xiaomi kompaniyasi Xiaomi XiaoAI Portable Speaker nomli yangi “aqlli” kolonkani taqdim etdi.

    Mazkur kolonka “aqlli” uyning boshqa moslamalarni ovoz orqali boshqarishga imkon yaratib beradi hamda Internetda ma’lumotlarni topishga, musiqani yoqishga va “aqlli” dinamiklarga tegishli boshqa funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradi. Mazkur moslama zaryadka olish uchun USB-C ulagichga ega bo‘lib, smartfonga Bluetooth 5.0 texnologiyasi orqali ulanadi.

     

    Sony o‘z nomini o‘zgartirmoqda

    Sony kompaniyasi keyingi yil birinchi apreldan boshlab o‘z nomini Sony Groupga rasmiy o‘zgartiradi. Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, bu yapon korporatsiya uchun yangi davri boshlanishini ramziy belgilaydi.

    Nomini o‘zgartirishdan asosiy maqsad - auditoriyada kompaniya to‘g‘risida yangi obraz yaratish. Kompaniya elektronikadan tashqari boshqa mahsulotlarni ham ishlab chiqarmoqda. Bu ham o‘z navbatida yangi investorlarni jalb qilishga yordam beradi.

    Kompaniyaning yana bir maqsadlaridan biri - boshqarish tizimini qayta qo‘rib chiqish va xorijiy investorlar tomonidan egalik qilayotgan Sony Financial Holdings kompaniyaning 35% aksiyalarini sotib qaytarish. Shunday qilib moliyaviy xizmatlar Sony Group uchun asosiy moliyaviy manbalaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

    Sony kompaniyasi nomini 1958 yilda uning asoschisi Akio Morita tomonidan xalqaro bozorga chiqish maqsadida yaratilgan.
     

     

    Manba: Axborot xizmati