Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    06.11.2020

    Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari Buxoro viloyatining Jondor va Buxoro tumanlarida ochildi.

    Markazlar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati