Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “mGovAward” tanlov g‘oliblari aniqlandi
    11.11.2020

    Joriy yilning 11 noyabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mGovAward eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

    Eslatib o‘tamiz, mGovAward eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Tanlov jarayoni 2019 yil 26 sentabr kuni boshlandi. Unda ishtirok etish uchun jami 260ta arizalar taqdim etildi, ulardan 97tasi saralab olindi. Final bosqichida ishtirok etish uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va biznesni rivojlantirish sohalarida mobil ilovalarni ishlab chiqqan yettita jamoalar vakillari tanlab olindi.

    Ovoz berish natijalariga ko‘ra, g‘olib masofaviy ta’lim uchun Roboteach ilovasini ishlab chiqqan jamoa bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Imam Bukhari mobil ilovasi yaratuvchilariga topshirildi, uchinchi o‘rin esa imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish uchun Sahiya ilovasini ishlab chiqqan dasturchilarga nasib etdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlarining yutuq miqdorlari mos ravishda 50 ming30 ming va 20 ming dollarni tashkil etdi.