Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xonqa tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi
    07.12.2020

    2020 yil 7 dekabr kuni Xorazm viloyatning Xonqa tumanida yangi Raqamli texnologiyalari o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

    Hozirda viloyatda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari soni 9 tani tashkil qilib, mazkur markazlarda aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashi hamda malaka oshirishini ta’minlash maqsadida kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb-dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari tashkil qilingan.

    Markazning ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Baxromjon Olmatov, ishtirok etdi.

    Markazda raqamli texnologiyalar, dasturlash, robototexnika yo‘nalishlarida o‘quv kurslari va kibersport to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish uchun alohida xonalar tashkil qilindi.

    Shuningdek markaz zamonaviy kompyuter texnikalari, mebel jihozlari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish, kibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shuningdek axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali o‘z iste’dodlarini to‘liq va har tomonlama namoyish etishlari va orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishlariga imkon beradi.

    O‘quv markazi tuman aholisi va yoshlari uchun munosib tuhfa bo‘lishi shubhasiz!

     

    Manba: Axborot xizmati