2021-yil 4-8-yanvar kunlari “Online Digital Camp "Raqamli Avlod-2021” onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iborat.
Besh kun ichida professional mentorlar tomonidan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha onlayn darslar o'tkaziladi:
Bundan tashqari media oromgoh davomida ishtirokchilarni AKT sohasidagi tajribali va taniqli spikerlar bilan suhbatlar kutmoqda!
Media oromgohda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak: https://digitalgeneration.uz/portfolio/online-digital-camp-raqamli-avlod-2020-qishki-mavsum/
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24-28-avgust kunlari “Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida master klasslar o‘tkazildi.
Manba: Axborot xizmati