Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish taraqqiyot kafolati
    21.01.2021

    Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi. Barcha davlat tashkilotlarida bu illatga qarshi kurashish maqsadida ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilgan. Hususan, “O‘zbekiston pochtasi” AJda ham Jamiyat bosh direktorining tegishli buyrug‘iga asosan - Jamiyatga ishga qabul qilinayotgan xodimlar bilan tuziladigan namunaviy mehnat shartnomasi loyihasi, Jamiyat ijroiya apparati xodimlarining Ichki mehnat tartibi qoidalari, Jamiyat xodimlarining Odob-ahloq qoidalari, Mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (strategiyasi) kabi me’yoriy hujjatlar shular mumlasidandir.

    Jamiyaning barcha filiallarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida bir qator tashkilotlar bilan muntazam ravishda profilaktik davra suhbatlari va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

    Shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 20 va 21 yanvar kunlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent viloyati va Toshkent shahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish taraqqiyot kafolati” mavzusida tashkil etildi.

    Tadbirda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Imomi A’zam” jo’me masjidi imom xatibi hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

    Tadbirda so‘z olganlar yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish, mehnat jamoalarida odob-ahloq va mehnat munosabatlariga rioya qilish, xodimlar tomonidan pul mablag‘larining kamomadi va o‘zlashtirish holatlarining kelib chiqmasliklarining oldini olish kabi dolzarb masalalar xususida ma’ruza qildilar.

    Bu kabi profilaktik tadbirlarni Jamiyatning barcha filallarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati