Qashqadaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli yoshlar festivali doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Shahrisabz shahrining Raqamli texnologiyalar o’quv markazida kibersportning “CS.GO” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o’tkazildi. Unda yoshlarning mazkur sport turi borasidagi mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Stargame”, 2-o‘rinni “UzWar”, 3-o‘rinni “IT-Kesh” jamoalari qo‘lga kiritdilar.
G‘olib jamoa a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Manba: Axborot xizmati