Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Nukus filiali talabasi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
    30.06.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti   bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

    Ushbu qarorga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi Nurniyazov Arman Arzubay o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasida ta’lim olayotgan  yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan  dalolat beradi. Yuksak  mukofot sohibini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi jamoasi  tabriklaydi.

    Manba: Axborot xizmati