Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyati Bekobod shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi
    30.06.2021

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, IT-Park viloyat filiali, “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali, Bekobod shahar hokimligi, Bekobod shahar xalq ta’limi bo‘limi, keng jamoat vakillari hamda shahar yoshlari ishtirok etishdi.

    Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida shahar yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish uchun mo‘ljallangan.

    Manba: Axborot xizmati