Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatida “mGov Qashqadaryo” mobil ilovalar yaratish tanlovi o‘tkazildi
    01.07.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida zamonaviy jamiyatning turli muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan “mGov Qashqadaryo” mobil ilovalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni o‘tkazish bo‘yicha IT Parkning asosiy hamkorlari Qashqadaryo viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ucell kompaniyasi va Qarshi IT-Texnoparki hisoblanadi.

    Mobil ilovalar prototiplarining asosiy yo‘nalishlari sifatida tibbiyot, ta'lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy himoya va jamiyat bandligini ta'minlash belgilandi. Mobil ilovalar tanloviga 60 dan ortiq ariza topshirildi, ularning 16 tasi yakuniy bosqichga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Tanlov yakunida “Umid”, “CWC” va “Edu Manager” dasturlarini ishlab chiqqan 3 nafar g‘olib aniqlandi.

    “Fractall” g‘olib jamoasining “Umid” mobil ilovasi o‘zbek tili og‘zaki nutqini yozma matn shaklida va imo-ishoralar tiliga tarjima qilish bo‘yicha innovatsion tizimdir. Ushbu loyiha nogiron insonlar bilan muloqot qilish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va ularga imo-ishoralar tiliga tarjima qilish mumkin bo‘lmagan joylarda og‘zaki o‘zbek nutqini erkin tushunish imkonini yaratadi.

    “CWC Logistics” jamoasi “CWC” deb nomlangan ilovani taqdim etdi. Ushbu ixtiro logistika kompaniyalari dispetcherlarini yuk mashinalari haydovchilari bilan erkin bog'lanishga imkon beruvchi kuzatuv tizimi asosida ishlaydi, bu esa har bir bosqichda tovarlar joylashuvini yetkazib berish nuqtasiga qadar kuzatish imkonini beradi.

    Yana bir mukofot o‘rnini “Edu Manager” dasturi prototipi bilan Dozolab jamoasi qo‘lga kiritdi. Bu ijtimoiy tarmoq sifatida ishlaydigan yangi ta’lim platformasi hisoblanadi. Foydalanuvchilar maktab dasturlari va oliy o‘quv yurtlarining turli mavzularida o‘z bilimlarini baham ko‘rishlari, o‘z ishlarini ommaga ulashishlari va tadqiqotlarini nashr etishlari mumkin.

    Tanlov g‘oliblari tadbir tashkilotchilaridan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Bunday tanlovlarni o‘tkazish aholining axborot texnologiyalari to‘g‘risida xabardorligini oshirish va iqtidorli yoshlarni innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim sanaladi.

     

    Manba: Axborot xizmati