Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida IT sohasidagi ilg‘or loyihalar bilan tanishildi
    02.07.2021

    Bugungi kunda Xorazm viloyatida dasturiy mahsulotlar hamda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yirik startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Viloyatda amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar bilan yaqindan tanishish, mahalliy dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohani yanada rivojlantirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda «Yagona Integrator Uzinfocom» MCHJ xodimlari tomonidan Xorazmda faoliyat ko‘rsatayotgan dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuv davomida viloyatdagi IT korxonalar tomonidan ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar ko‘rib chiqildi va ular bilan yaqindan tanishildi.

    Mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilg‘or loyihalarni yanada ommalashtirish, istiqbolli loyihalarni respublikamizning turizm, madaniyat va ta’lim sohalariga joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Shu bilan birga,  loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati