Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
    05.07.2021

    Ochiq eshiklar kunida  Amiti universitetidagi qabul jarayoni, mutaxassisliklari, o'qish narxi va chet elda o'qishni davom ettirish haqidagi  ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 

    Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishi baland bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda sohaga qiziquvchi yoshlar tashrif buyurishlari, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.

    Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari ushbu universitetga sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, kundan kunga sohaga bo‘lgan talab va  taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘lamining kengligi  haqida ma’lumotlar beriladi.

    Mazkur tadbir joriy yilning 9-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.