Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT markazlar tomonidan bepul kurslar tashkil etiladi
    06.07.2021

    Respublika bo‘ylab yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan,  hozirgi kunda mehribonlik uyida yashaydigan barcha bolalar uchun IT markazlar  tomonidan  bepul kurslar tashkil etilmoqda. 

    Unda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar kompyuter savodxonligi, veb dasturlash, grafika va dizayn asoslari, Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar,  Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20 kabi yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkin.  

    Ushbu kurslarga o‘qish uchun mehribonlik uyida vasiylik ostida ekanligingizni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma  bilan o‘zingiz yashaydigan viloyatdagi eng yaqin IT markazga murojaat qilish kerak.

     

    Manba: Axborot xizmati