Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    06.07.2021

    To‘rtko‘l tumanida zamon talablariga  mos tarzda jihozlangan raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.   

    Mazkur tadbirda To‘rtko‘l tumani hokimi, Axborot texnoligiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, “O'zbektelecom” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i hamda IT markaz filiali direktori qatnashdilar.    

    Shu bilan birga, TATU Nukus filiali professor o‘qituvchilari va barcha axborot texnologiyalari tashkilot rahbarlari, qiziquvchi yoshlar, o‘quvchilar qatnashdi.  

    Boshqa barcha IT markazlarda bo‘lganidek To‘rtko‘l tumani filiali markazida ham kerakli texnologik vositalar bilan ta’minlangan markazda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash, veb dasturlash, mobil ilovalarni yaratish, IT ishbilarmonlik va loyihalarni boshqarish asoslarini o‘rgatish, axborot texnologiyalari sohasi da startap loyihalarning qo‘llab-quvvatlanishning zamonaviy va natijali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, robototexnika va kibersport sohalarini o‘rgatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.