Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Entrepreneurship World Cup - 2021” milliy bosqichi natijalari e'lon qilindi
    09.07.2021

    O'zbek startapi “Entrepreneurship World Cup” doirasida Ar-Riyodga tashrif buyuradi.

    IT Park tomonidan 13 ta  IT-kompaniyalarining loyihalari ishtirokida O'zbekistonda xalqaro “Entrepreneurship World Cup” musobaqasini o‘tkazdi. IT Parkda akseleratsiya dasturidan o‘tayotgan “Smartdeals” MChJning g'olib jamoasi shu yil noyabr oyida Ar-Riyodga tashrif buyurib, 1 million dollar miqdoridagi pul mukofoti uchun kurash olib boradi.

    IT Park butun dunyodagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi eng yirik startap-ekotizimi Entrepreneurship World Cup (EWC) innovatsion loyihalar xalqaro tanlovni o‘tkazdi. Tanlov Misk Foundation (Saudiya Arabistoni), Global Education & Leadership Foundation (Hindiston) va Global Entrepreneurship Network (AQSh) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovda ishbilarmonlik masalalari va jamiyatning turli sohalardagi muammolarini, shu jumladan ish bilan ta’minlash, logistika, ta’lim, transport va boshqalarni hal qilish uchun 13 kompaniya o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. 

    EWC tanlovi ishtirokchilari orasida Kadabra, Hopme, 2work, Micros24, Yulda, Future Lab, EduCare, Homework Online, TalabamizUZ, Hey Taksi, Aidiabet, A1Kafe, Dis-count kabi loyihalar asoschilari ham bor edi.

    Tanlov yakunlariga muvofiq, g‘oliblikni quyidagi loyihalar egalladi:

    1-o‘rin: hozirda IT Park akseleratsiya dasturida o‘tayotgan Smartdeals MChJ kompaniyasining Hopme loyihasi (http://Hopme.shop),

    2-o‘rin: Homework Online loyihasi;

    3- o‘rin: IT Park akseleratsiya uchinchi to'lqin dasturidan o‘tgan 2work loyihasi (https://2work.uz/).

    “Entrepreneurship World Cup”da qatnashish raqobatchilarga o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatini beradi, ustozlar va axborot texnologiyalari sohasidagi xalqaro ekspertlarning hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini taqdim etish uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yordam beradi.

    G‘olib jamoa shu yilning noyabr oyida Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) Entrepreneurship World Cup final musobaqasi doirasida O‘zbekiston nomidan qatnashishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, qolgan finalchilar bilan bir qatorda baholanadi va Ar-Riyodga borib, 1 million dollarlik pul mukofoti uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tanlovning yakuniy bosqichida dunyoning turli burchaklaridan 100 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishadi, ular ta’lim serverlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, tadbir tashkilotchilaridan 75 million AQSh dollarigacha bo‘lgan mukofotlar va sovg‘alar olishadi.

     

    Manba: Axborot xizmati