Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    12.07.2021

    Toshkent shahridagi Inha universitetida respublikamizning turli hududlaridan kelgan turli xil oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    Uchashuvning asosiy maqsadi, TIUning jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish (PR), ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish hamda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha ijobiy tajribasini o‘rganish edi.

    Kredit-modul tizimi taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash va talabalar bilimini reyting asosida baholash.

    Hozirda kredit-modul tizimi AKT vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida ya’ni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Toshkent shahridagi Amiti universitetlarida joriy etilgan.