Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida axborot texnologiyalari bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etildi
    17.08.2021

    TATUning  Nukus filiali jamoasi  tomonidan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida “Future Muynak” o‘quv-amaliyot markazi ochilib,  yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi.

    Hozirda ushbu markazda Mo‘ynoq tumani maktab o‘quvchilari uchun sinflar kesimida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

    Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi tomonidan markazga bepul Wi-Fi zonasi tashkil qilingan bo‘lib, markaz tinulovchilari internetdan bepul foydalanishlari mumkin.

    “Future Muynak” o‘quv-amaliyot markazi 2019-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida TATU Nukus filiali tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda filial professor-o‘qituvchilari mo‘ynoqlik yoshlarga “Web-texnologiya”, “3D modellashtirish” va “Animatsion grafika” kabi zamonaviy yo‘nalishlarda bepul mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati