Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU qoshidagi IT-texnikumlarga 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
    24.08.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshent axborot texnologiyalari universiteti huzurida faoliyat  yurutuvchi hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta-maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan IT-texnikumlar uchun  barcha viloyatlar shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021-2022 o‘quv yili uchun arizalar topshirish davom etmoqda.

    Unda kompyuter injiniringdasturiy injiniringaxborot xavfsizligitelekommunikatsiya texnologiyalaripochta aloqa texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda o‘qishingiz mumkin.

    IT-Texnikumlarga qabul jarayoni joriy yilning 10-sentabiriga qadar davom etadi.

    Quyidagi veb sayt orqali ariza topshirishingiz mumkin: texnikum.edu.uz

    Batafsil ma’lumot uchun: @it_texnikumbot